“Forbes”: Rossiya hali jahonda yo‘q qurol yaratishi mumkin
Sport
−
08 fevral 2020
11188Rossiya jahonda ilk bor masofadan turib boshqariladigan atom suvosti kemasini ishlab chiqishi mumkin. Bu haqida “Forbes” nashri yozmoqda.
Maqolada yozilishicha, agar robototexnikalar sohasida inqilob bo‘ladigan bo‘lsa, bortida odamlar bo‘lmaydigan ilk atom suvosti kemasi faqat Rossiyadagina bo‘ladi.
Nashrda chop etilgan maqolada ta’kidlanishicha, hozircha AQSHda bunday qurol ishlab chiqish uchun zarur texnologiyalar mavjud emas.
Shuningdek, maqolada uzoq muddatli operatsiyalar davomida foydalanish uchun mo‘ljallangan avtonom suvosti reaktori haqida ham so‘z ketgan. Ma’lum qilinishicha, “Malaxit” byurosi ana shunday texnologiyalar bilan atom suvosti kemalarini jihozlash taklifi bilan chiqqan.
LiveBarchasi