“Forbes” eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalar reytingini e’lon qildi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur “Forbes” jurnali dunyoda eng ko‘p maosh to‘lanadigan aktrisalar reytingini e’lon qildi

Unda birinchi o‘rinni yillik daromadi 43 million dollarga teng Sofiya Vergara egalladi. Ikkinchi o‘rindan Anjelina Joli joy oldi. Jurnal aktrisaning yillik daromadini 35,5 mln dollar deb baholagan.

Uchinchi o‘rin yillik daromadi 31,5 mln dollar bo‘lgan Gal Gadotga nasib qildi. Keyingi o‘rinlarda bir yilda 25 va 24 mln dollar ishlab topuvchi Melissa Makkarti va Meril Strip joy olgan.

Reytingdagi aktrisalarning sakkiztasi asosiy daromadini televideniye va seriallar namoyishidan olgan.

“Forbes” ro‘yxatidagi ayollar umumiy hisobda 12 oyda 254 mln dollar ishlab topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes

Baholaganlar

575

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing