“Forbes” dunyoning eng qimmat sport klubini ma’lum qildi

Sport

image

“Forbes” jurnali sayyoraning eng qimmat sport jamoalarining reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga 50 ta klub kiritildi.

Milliy futbol ligasida (MFL) ishtirok etadigan “Dallas Kovboyz” klubi eng qimmat jamoa deb, topildi. “Forbes” klubni 5 mlrd dollarga baholayapti. Klubning operatsion daromadi yiliga 365 mln dollarga teng.

Ikkinchi o‘rinni Asosiy beysbol ligasi (MLB) vakili egalladi. “Nyu-York Yankiz” 4,6 mlrd dollarga baholanyapti. Madridning “Real” klubi reytingda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Qirollik klubi” 4,24 mlrd dollarga baholanyapti. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha madridliklar Kataloniyaning “Barselona” klubini (4,02 mlrd dollar) ortda qoldiryapti.

O‘tgan yili ikkinchi o‘rinda bo‘lgan “Manchester Yunayted” klubi oltinchi o‘ringa tushib ketgan.

Umumiy hisobda reytingga MFLdan 29 klub, MLB`dan 8 klub, 7 ta futbol klubi va 6 ta Milliy basketbol assotsiatsiyasi klubi kiritilgan. O‘tgan yili reytingga 8 ta yutbol klubi kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Forbes

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing