Floyd o‘limiga reaksiya. Gretsiyada tartibsizliklar boshlandi
Olam
−
04 iyun 2020
7430Afinadagi AQSH elchixonasi yaqinida afroamerikalik Jorj Floydning o‘ldirilishiga qarshi politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakatdagi ERT telekanali xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, norozilik namoyishida so‘l taraf tashkilotlari va kurdlardan bir necha ming kishi ishtirok etgan.
Tartibsizlik bir guruh yoshlar politsiyachilarga tosh va molotov kokteyli uloqtirganidan so‘ng boshlangan. Politsiya bunga javoban shovqinli granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob qaytargan. Shuningdek, namoyishchilar axlat qutilariga o‘t qo‘yishgan.
“Ayni paytda namoyishchilar tarqatilmagan. Ko‘chalarda tartibsizliklar davom etmoqda”, deyiladi telekanal xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
LiveBarchasi