Floridadagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

AQSHning Florida shtatidagi savdo markazida yuz bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” Jeksonvill shahri meri Donna Diganga tayanib xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi savdo markazi ichidan o‘t ochgan, so‘ng ichkariga to‘siq o‘rnatgan. Binoga maxsus kuchlar otryadi yetib borgan. Shundan so‘ng, otishma to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs AR-15 miltig‘i va Glock to‘pponchasi bilan qurollangan, bundan tashqari u taktik jilet kiygan.

Hujumchi qurbonlari ikki erkak va bir ayol bo‘lib, ularning barchasi qora tanli bo‘lgan. Hujumchining o‘zi o‘ldirilgan, boshqa qurbonlar haqida xabar berilmagan.

Otishma sodir etgan shaxsning jinoiy guruhlarga tegishli ekaniga oid dalillar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning Chikago shtatida beysbol o‘yini vaqtida otishma sodir bo‘lgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

otishma Florida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing