Chikagoda beysbol o‘yini vaqtida otishma yuz berdi (video)

Olam

image

AQSHning Chikago shtatida beysbol o‘yini vaqtida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda ESPN va CBS News xabar berdi.

Kecha, 25 avgust kuni Chokto shahrida “Del City Eagles” va “Choktow Yellowjackets” o‘rtasidagi o‘yinning uchinchi choragida otishma yuz bergan. Oqibatda 4 kishi yaralangan.

Jarohatlanganlar orasida 15 yoshli qiz ham bor. Yana bir o‘smir Oklahoma-Sitidagi shifoxonaga vertolyotda olib ketilgan.

“Fox25” telekanaliga ko‘ra, gumonlanuvchi hozircha qo‘lga olinmagan. Politsiyaning aytishicha, otishmada xizmatdan tashqari Del-Siti politsiyasi xodimi ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing