“Fiorentina” futbolchisida ham koronavirus aniqlandi
Sport
−
14 mart 2020
4403Italiyaning "Fiorentina" klubi futbolchisi Dushan Vlaxovich koronavirusni aniqlovchi test topshirdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti. Ayni vaqtda, 20 yoshli futbolchi o‘z uyida karantinda saqlanmoqda. Dushan Italiya A seriyasida koronavirus yuqtirib olgan navbatdagi futbolchi bo‘ldi. Bundan avval Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Daniyele Rugani koronavirusni yuqtirib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta va “Lester” klubining uch nafar futbolchisida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.
Hozirga qadar 145 673 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5436 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 72 531 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi