Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi qanday xavfga olib kelishi aytildi
Olam
−
20 mart 2022
26398Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi Yevropada keskinlashuvning “jiddiy xavfini” olib keladi. Bu haqda Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansiga a’zolik Finlyandiyaning hozirgi holatiga muqobil variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Yana bir variant — AQSH va Shvetsiya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish.
Niinistyoning so‘zlariga ko‘ra, ikkala muqobil ham Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi”dan qo‘rqib, Finlyandiya xavfsizligini mustahkamlashni nazarda tutadi.
“Biroq, NATO masalasida jiddiy xavflar bor. Men juda yaxshi tushunaman, masalan, NATOga a’zo bo‘lganimizda, tashvishlarimiz tugagandek tuyulishi mumkin. Ammo bu muqobillarning barchasi biz bilishimiz kerak bo‘lgan xavflarni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda asosiy xavf Yevropadagi vaziyatning keskinlashuvidir”, degan Niinistyo.
Avvalroq, Finlyandiya Prezidenti mamlakat rasmiylari Ukrainadagi voqealar tufayli dunyoda vaziyat o‘zgargan deb hisoblagani uchun NATOga a’zolik masalasini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi