Finlyandiyada uchuvchilarning ish tashlashi tufayli 300 ga yaqin reys bekor qilindi
Olam
−
23 noyabr
3486Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi uchuvchilar kasaba uyushmasining ish tashlashi munosabati bilan 9 va 13 dekabr kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan 300 ga yaqin reyslarni bekor qildi. Bu haqda Yle xabar berdi.
“Finnair aviakompaniyasi Finlyandiya uchuvchilar kasaba uyushmasi noroziligi tufayli reyslarni bekor qilishga majbur. Ish tashlash doirasida uchuvchilar 9 va 13 dekabr kunlari parvozlarni amalga oshirmaydi. Shu kunlarda jami 300 ta reys bekor qilinadi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ish tashlash tufayli parvozlarni bekor qilish oqibatlari aviakompaniyaning 33 mingga yaqin mijoziga ta’sir qiladi.
“Biz kasaba uyushmasi muzokaralar o‘rniga norozilik namoyishiga borganidan afsusdamiz, bu Rojdestvo mavsumida minglab mijozlarimizning rejalariga ta’sir qiladi”, dedi Finnair boshqaruvchi direktori Yaakko Shildt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mijozlarga yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qiladi, masalan, ularga muqobil reyslarni taklif qiladi.
Ma’lum qilinishicha, Finlyandiyaning iqtisodiyoti siyosiy ish tashlashlar oqibatida biznes va ish joylariga, hukumat islohotlariga qarshi yetkazilgan zarar 2 milliard yevroga yaqinlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada minglab ishchilar maoshini oshirishni talab qilib, butun mamlakat bo‘ylab ish tashlagandi. To‘rt millionga yaqin elektrotexnika va metallurgiya sanoati ishchilari kasaba uyushmalarining ish tashlashlari Porsche, BMW, Mercedes va boshqa yirik kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatgandi. Xodimlarning asosiy talabi ish haqini yetti foizga, shuningdek, stajyorlarning ish haqini 170 yevroga oshirish edi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi