Finlyandiya vaziyat o‘zgarganidan foydalanib NATOga a’zo bo‘lmoqchi 

Olam

image

Finlyandiya hukumati mamlakatning NATOga qo‘shilishi masalasini muhokama qilishga tayyor, chunki aholining bu masalaga munosabati o‘zgargan. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sauli Niinistyo ma’lum qildi.  

“Finlyandiyada ham, Shvetsiyada ham vaziyat o‘zgardi. So‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi marta ko‘pchilik NATOga a’zo bo‘lish tarafdori, shuning uchun biz buni parlament bilan muhokama qilishga tayyormiz.

Biz barcha oqibatlar, xavf va foydalarni aniqlashga hamda buni samarali va imkon qadar tezroq amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz”, degan hozirda Vashingtonda bo‘lib turgan Finlyandiya Prezidenti. 

Joriy yilning fevral oyi oxirida “Yle” telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Finlyandiyada ko‘pchilik mamlakat Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishini xohlaydi.

Respondentlarning 53 foizi blokka kirishni yoqlagan, 28 foizi qarshi chiqqan. Yana 19 foizi javob topa olmagan. Qayd etilishicha, avvalgi shunga o‘xshash so‘rov o‘tkazilgan 2017 yildan beri NATOni qo‘llab-quvvatlash 34 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Finlyandiya

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing