Finlyandiya. O‘zbekistonlik bokschilar ikkita medalga ega chiqishdi
Sport
−
08 mart 2020
6067Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro turnir nihoyasiga yetdi.
Avval, musobaqaga uch nafar bokschi bilan borgan O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi finalgacha yetib borgan edi.
Bugun musobaqa finali doirasida -57 kg vaznli o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov qozog‘istonlik jahon chempioni Qayrat Yeraliyevni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. -63 kg vaznli Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa qoshidan olgan jarohat sabab, finalda ishtirok eta olmadi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Eslatib o‘tamiz, Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha litsenzion turnir davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar bokschisi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi