Finlar Rossiya bilan chegarani ochadi, lekin to‘liq emas
Olam
−
13 dekabr 2023
4175Finlyandiya hukumati birinchi bo‘lib mamlakat janubi-sharqidagi Rossiya bilan chegarada uchta punktlarini ochishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Finlyandiyaning “Ilta-Sanomat” gazetasi o‘z manbasiga tayanib yozdi.
“Hukumat Finlyandiya janubi-sharqida – Vaalimaa, Nuyyamaa va Imatrada chegara punktlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, yangi tartib 13 dekabrdan 14 dekabrga o‘tar kechasi kuchga kiradi.
Nashrning yozishicha, bunga sabab – Finlyandiya fuqarolari va diplomatlariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkoniyatini berishdir.
Bir kun avval Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen agar vaziyat normallashsa, Rossiya-Finlyandiya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari bosqichma-bosqich ochilishini aytgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Finlyandiya hukumati joriy yilning 30 noyabr kuni Rossiya bilan chegaradagi barcha punktlarini yopgandi. Xelsinki esa o‘z harakatlarini uchinchi davlatlardan qochqinlar oqimiga munosabat sifatida oqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniya ham Rossiya bilan chegarasini yopishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi