Finlandiya oltinchi yil eng baxtli davlat maqomini oldi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

Finlandiya ketma-ket oltinchi yil dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi. Bu haqda BMT topshirig‘i bilan ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan yillik Jahon baxtlilik hisobotida keltirilgan.

Finlandiya ta’qibchilardan sezilarli farq bilan yana birinchi o‘rinni egallagan. Eng baxtli davlatlar uchligi o‘zgarishsiz qolib, ikkinchi va uchinchi o‘rin Daniya va Islandiga nasib etgan. 

Birinchi o‘ntalik ichida Isroil eng yuqori o‘sishni qayd etdi – u to‘qqizinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Gollandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya o‘nlikni yakunlab berdi.

Rossiya yangilangan reytingda 80-o‘rindan 70-o‘ringa ko‘tarildi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 44-o‘rin, O‘zbekiston 54-o‘rin, Qirg‘iziston 62-o‘rin, Armaniston 79-o‘rin, Tojikiston 80-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, boshqa davlatlardan AQSH 15-o‘rinda, Germaniya 16-o‘rinda, Buyuk Britaniya 19-o‘rinda joylashgan. Fransiya kuchli yigirmatalikdan pastga sho‘ng‘ib, 21-o‘ringa tushib ketdi. Reytingda so‘nggi o‘rinlarni Afg‘oniston va Livan egallab, mos ravishda 137 va 136-o‘rinlarni olgan.

Jahon baxtlilik indeksi 2012 yildan beri har yili nashr etiladi. Uni tuzishda tadqiqotchilar aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, fuqarolarning erkinliklarini hurmat qilish, mehnat xavfsizligi, korrupsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlarni, shuningdek, jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalarini hisobga oladi. U uch yil davomida yig‘ilgan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

Reytingning e’lon qilinishi 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kuniga bag‘ishlandi. Hisobotda aytilishicha, koronavirus pandemiyasining uch yilida odamlar bu yildagichalik baxtli bo‘lmagan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Finlandiya eng baxtli davlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made