Fin ko‘rfazida 49 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Olam

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Fin ko‘rfazi sohilidan 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuxonasi ma’lum qildi.

Hozirda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari o‘zbekistonlik ayol G.O.ning o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini olib boryapti.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, G.O. joriy yilning 6 sentyabr kuni Petrodvorsov tumani bo‘yicha qidiruvga berilgan. Ayol joriy yilning mart oyida ishlash uchun Sankt-Peterburgga borgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, Leningrad viloyati tergov organlari bilan aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, o‘zbekistonlikning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya jasad

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing