Figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionlari aviahalokatga uchragani aytilmoqda

Sport

image

Figurali uchish bo‘yicha juftlik bahslarida Jahon chempioni bo‘lgan Yevgeniya Shishkova va Vadim Naumov Vashingtonda halokatga uchragan samolyotda bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sobiq sportchilar figurali uchish bo‘yicha  AQSH chempionati o‘tkazilgan Uichitodan shu samolyotda poytaxtga qaytgan bo‘lishi mumkin. US Figure Skating  ham kechqurun Vashingtonda vertolyot bilan to‘qnashib ketgan American Airlines reysi bortida o‘z jamiyatining "bir nechta a’zolari" bo‘lganini tasdiqladi.

"Ushbu sportchilar, murabbiylar va ularning oila a’zolari Kanzas shtatining Uichito shahrida figurali uchish bo‘yicha AQSH chempionati bilan birgalikda o‘tkazilgan Milliy rivojlanish lageridan uyga qaytayotgan edi", deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, Shishkova va Naumov SSSR va Rossiya terma jamoasi tarkibida juftlik sifatida chiqish qilgan. 1994 yilda ular Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ularning o‘g‘li Maksim Naumov AQSH terma jamoasi safida chiqish qiladi, u bundan avvalgi musobaqada 4-o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 yanvar kuni kechasi AQSH poytaxti Vashington shahrida American Airlines aviakompaniyasining Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyoti Ronald Reygan aeroportida qo‘nish vaqtida Sikorsky H-60 (Black Hawk) harbiy vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushgandi. Samolyot bortida 60 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi, vertolyotda uch harbiy xizmatchi bo‘lgan. Ikkala tomon ham Potomak daryosiga tushib ketgandi. Voqea joyida ishlayotgan politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, 18 nafar halok bo‘lganlarning jasadi suvdan chiqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Vashington Figurali uchish Evgeniya Shishkova Vadim Naumov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing