FIFA JCHni 64 jamoali formatga o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda
Sport
−
09:38 358 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta jamoagacha kengaytirish imkoniyatini o‘rganish uchun mustaqil komissiya tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Rob Xarris o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Xarris qo‘lga kiritgan FIFA hujjatidan parchalarni e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, mustaqil komissiya bozor talabi hamda ushbu qarorning tizimli oqibatlarini baholaydi.
Komissiyaning yig‘ilishi joriy yilning 7 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. FIFA esa bir hafta o‘tib mazkur masala bo‘yicha qaror qabul qilishi va tahlil natijalarini esa joriy yilning 11 sentyabr kuni e’lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazildi. Turnirda tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etdi.
Live
Barchasi