FIFA JCHda barcha futbolchilarning 3D nusxasini ishlab chiqadi

Sport

image

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida ofsayd holatlarini yanada aniqroq belgilash maqsadida turnirda ishtirok etadigan har bir futbolchining 3D nusxasini ishlab chiqadi. Bu haqda tashkilotga tayanib, BBC xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, jami 1248 nafar futbolchi – turnirda qatnashadigan 48 ta terma jamoaning har biridan 26 nafardan o‘yinchi raqamli skanerdan o‘tkaziladi. So‘ngra sun’iy intellekt yordamida ularning 3D modellari yaratiladi.

Har bir futbolchi turnir oldidan tashkil etiladigan fotosessiya davomida maxsus skanerlash kamerasi oldida atigi bir soniya vaqt sarflaydi.

Yangi texnologiya hakamlarga yordam beruvchi avtomatik ovozli ogohlantirish tizimini to‘ldiradi. Agar futbolchi 10 santimetrdan ortiq ofsayd holatida bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda ishga tushadi.

FIFA rasmiylarining ta’kidlashicha, mazkur yangilik ofsayd bilan bog‘liq bahsli vaziyatlarda qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish va uning aniqligini oshirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, mundialda ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z yurishini joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing