FIFA JCH-2018 hujjatli filmini taqdim etdi (video)

Sport

FIFA tashkiloti 2018 yili Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati haqida suratga olingan hujjatli filmni ommaga taqdim etdi. 1 soat 19 daqiqa davom etgan ushbu filmda uchrashuvlardan epizodlar, kiyim almashtirish xonasidan lavhalar, stadiondagi muxlislar va jahon chempionati atmosferasi aks etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib jahon chempioni bo‘lgan edi. Ikkinchi o‘rinni Xorvatiya, uchinchi o‘rinni Belgiya terma jamoasi qo‘lga kiritgan. 

Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Luka Modrich mundialning eng yaxshi o‘yinchisi, deya e’tirof etilgan va "oltin to‘p" sohibi bo‘lgan. Eng yaxshi darvozabon nominatsiyasida belgiyalik Tibo Kurtua g‘olib bo‘lgan. 

Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini Fransiya terma jamoasi a’zosi Kilian Mbappega nasib qilgan. Angliyalik Garri Keyn esa 6 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar hisoblangan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Futbol JCh-2018 Hujjati fil'm

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing