FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston yuqoriladi, Belgiya hamon peshqadam

Sport

image

Xalqaro futbol uyushmasi (FIFA) 12 avgust holatiga ko‘ra, terma jamoalarning yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston reytingda avvalgi oydagiga nisbatan 3 pog‘ona yuqoriladi va 1284 ochko bilan 83-o‘ringa joylashdi. Osiyo jamoalari orasida Yaponiya (24-o‘rin) yetakchilik qilmoqda, Eron (26) va Janubiy Koreya (36), Qatar (42), Saudiya Arabistoni (61), BAA (68), Iroq (70), Xitoy (71), Ummon (79), Suriya (80) terma jamoalari keyingi o‘rinlarni egallagan. 

FIFA reytingida 1 822 ochko bilan Belgiya terma jamoasi bormoqda. Kopa Amerika finalida mag‘lubiyatga uchraganiga qaramasdan Braziliya bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Amaldagi Jahon chempioni Fransiya 3-pog‘onaga tushib qoldi. Bunga Yevropa chempionatidagi muvaffaqqiyatsiz ishtirok sabab bo‘lgan. Angliya (1753) va Italiya (1745), Argentina (1714), Ispaniya (1680), Portugaliya (1662), Meksika (1658) va AQSH (1648) kuchli o‘nlikdan joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa chempioni Italiya, CONCACAF oltin kubogi sohibi AQSH, Kopa Amerika g‘olibi Argentina, shuningdek Angliya terma jamoasi eng ko‘p ochkolarni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Futbol Reyting OFK Braziliya Italiya Argentina Portugaliya FIFA Bel'giya

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing