FIFA rahbari O‘zbekiston terma jamoalari markazining qurilishini ko‘zdan kechirdi

Sport

image

Bugun, 6 may kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino FIFA ko‘magida Toshkent viloyatida qad rostlayotgan O‘zbekiston Terma jamoalari markazini ko‘zdan kechirish uchun qurilish maydoniga bordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Infantinoga mazkur bazadan o‘rin olgan ob’ektlar, xususan, 4 ta gibrid futbol maydoni, 280 o‘rinli mehmonxona, yopiq basseyn, ilmiy-metodik markaz, tibbiy punkt, restoran va konferenszallari loyihasi haqida ma’lumot berildi. Avvallari terma jamoalar uchun baza qurish orzu bo‘lgani, endilikda mana shu loyiha natijasida barcha yosh toifasidagi terma jamoalar, xususan, milliy va olimpiya jamoasi ham shu yerda yig‘in o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ushbu markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir nechta davlatlarning tajribalaridan keng foydalanilayotgani qayd etildi.

Tashrif davomida futbolchilar istiqomat qiladigan mehmonxonaning yangi binosiga birinchi poydevor quyish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Janni Infantino ushbu baza ko‘p yillar O‘zbekiston terma jamoalarining muvaffaqiyatiga xizmat qilishiga tilak bildirdi. Shuningdek, Osiyo kubogida zafar quchgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. FIFA Prezidenti O‘zbekiston yoshlar jamoasini Osiyo chempionligi bilan samimiy tabriklab, Argentina maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida omad tiladi. 

Janni Infantinoga yoshlar terma jamoasining maxsus futbolkasi topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Janni Infantino FIFA rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made