Devid Bekxem FIFA prezidenti bo‘lishi mumkin

Sport

−

image

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va AQSHning “Inter Mayami” klubi muassisi Devid Bekxem Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Sky Sports” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bekxem nomzodini Yevropa futbol  ittifoqi (UEFA) qo‘llab-quvvatlamoqda. Manba uni tajribali menejer, jahon miqyosidagi yulduz va ommaviy madaniyat ramzi sifatida ko‘rishlarini ta’kidlagan.

51 yoshli Bekxem 2020 yildan buyon AQSHning Oliy ligasida ishtirok etib kelayotgan “Inter Mayami” klubi egalaridan biri hisoblanadi. Jamoa o‘tgan yili musobaqada g‘olib chiqqan.

Futbolchilik faoliyati davomida Bekxem “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Milan”, “Pari Sen-Jermen” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublarida to‘p surgan. U “Manchester Yunayted” bilan Angliya Premer-ligasida olti marta, Angliya kubogida ikki marta va Chempionlar ligasida bir marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Ispaniya va Fransiya chempionatlarida ham bir martadan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, FIFA prezidenti saylovi 2027 yil mart oyida Marokashda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Nomzodlar o‘z arizalarini joriy yilning 18 noyabrga qadar topshirishlari mumkin.

FIFA’ning amaldagi prezidenti Janni Infantino 2016 yil fevral oyidagi navbatdan tashqari kongressda saylangan. Keyinchalik u ikki marta raqibsiz qayta saylangan. Infantino yana bir muddatga saylanish uchun kurashishini ham ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing