FIFA Tinchlik mukofotini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda
Sport
−
13:38 294 1 daqiqa
2025 yilda ta’sis etilgan FIFA Tinchlik mukofoti bekor qilinishi mumkin. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan joriy etilgan va 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi marosimida AQSH Prezidenti Donald Trampga topshirilgan ushbu mukofotning kelajagi muhokama qilinmoqda.
Agar mukofotni bekor qilish taklifi zarur qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lsa, Tramp uni olgan yagona shaxs bo‘lib qoladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FIFA Tinchlik mukofoti masalasi bo‘yicha Ijtimoiy mas’uliyat qo‘mitasiga vaziyatni o‘rganish va tegishli taklif kiritish topshirilgan. 22 nafar a’zodan iborat qo‘mita o‘z xulosalarini joriy yilning dekabr oyida Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishiga qadar tayyorlashi kutilmoqda.FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yil noyabr oyida har yili topshiriladigan Tinchlik mukofoti ta’sis etilganini e’lon qilgan edi.
Mukofot tinchlikni mustahkamlash va butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtirishga alohida hissa qo‘shgan shaxslarni taqdirlash uchun mo‘ljallangan.
2025 yil dekabr oyida Infantino Vashingtonda bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi marosimida AQSH Prezidenti Donald Trampga ushbu mukofotning ilk sohibi sifatida uni topshirgandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr