FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladi
Sport
−
06 Sentabr 6455 1 daqiqa
FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan CAFA Nations Cup 2025 finalini tomosha qilish uchun Toshkentga keladi. Bu haqda Assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Janni Infantino va O‘FA O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qiladi. Shuningdek, Infantino Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishadi hamda CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatadi.
Ma’lumot uchun, final o‘yini joriy yilning 8 sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:30 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.
Live
Barchasi