FIFA Prezidenti Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino G20 sammitidagi norasmiy tushlik chog‘ida jahon yetakchilarini 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati vaqtida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni targ‘ib qilishga chaqirdi.

“Rossiya 2018 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Ukraina 2030 yilgi chempionatga mezbonlik qilish huquqini olmoqchi. Tez orada navbatdagi chempionat boshlanadi. Shu munosabat bilan sizga bir taklifim bor: vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oling, hech bo‘lmasa bir oy urushlarni to‘xtatib turing”, deydi Infantino.

Shuningdek, FIFA Prezidenti Qatardagi Jahon chempionatining rasmiy to‘pini sammitga olib keldi va kechki ovqatda hozir bo‘lganlarning har biridan to‘pga imzo chekishni so‘radi.

JCH-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Turnirning ochilish o‘yinida Qatar - Ekvador to‘qnash keladi. Bahs 20 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Infantino

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing