FIFA irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) irqchilikni huquqbuzarlik deb tan olish va uni a’zo assotsiatsiyalarning tartib-intizom kodeksiga kiritish niyatida. Bu haqda tashkilot o‘z bayonotida ma’lum qildi.

“Biz irqchilikni FIFA'ga a’zo bo‘lgan barcha 211 assotsiatsiyaning intizomiy kodekslariga majburiy kiritish, irqchilikni boshqa hodisalardan ajratib, aniq va jiddiy jazo choralarini, jumladan, jarimani ta’minlagan holda o‘ziga xos jinoyatga aylantirish uchun birgalikda harakat qilamiz”, deyiladi bayonotda.

FIFA bayonotida endilikda futbolchi yoki istalgan boshqa jamoa vakili o‘yinni to‘xtatib qo‘yish yoki tugatishga xizmat qiladigan irqchilik harakati haqida xabar berish uchun maxsus ishora ko‘rsatishi mumkinligini qo‘shimcha qilindi. Agar o‘yinchi uch marta irqchilikka uchrasa, hakam o‘yinni muddatidan oldin tugatishga haqli. Irqchilik harakati haqida xabar berish uchun o‘yinchi yoki jamoa a’zosi maxsus ishorani ko‘rsatishi kerak.

Tashkilot, shuningdek, irqchilikka qarshi kurashish uchun o‘z faoliyatini yakunlagan futbolchilardan tashkil topgan yangi guruhni tashkil etish niyatida. Rejaga ko‘ra, ular irqiy tengsizlikka qarshi qaratilgan harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

futbol irqchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing