FIFA “Bunyodkor”ga yo‘q dedi

Sport

image

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o‘zining sobiq futbolchisi Dostonbek Hamdamovning "Anji"ga transferi borasida FIFAga ariza yozgan edi.
Biroq, jahon futbol tashkiloti bu e’tirozni rad etdi. 

O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevga ko‘ra, "Anji" "Bunyodkor"ga Hamdamovning shartnomasida tovon puli sifatida yozilgan 300 ming yevroni to‘lagan. "Bunyodkor" rahbariyati esa "Anji" ko‘proq pul to‘lashi kerak deb hisoblab FIFAga murojaat qilgan. Ammo yakunda ariza rad qilingan. 

Ma’lumot uchun, Donstonbek Hamdamov 1996 yilda Bekobodda tug‘ilgan. U 2018 yil boshida "Bunyodkor"dan "Anji"ga ko‘chib o‘tgan edi. Bir yil davomida ushbu klub safida 11ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu yil boshida Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Bunyodkor Dostonbek Hamdamov

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing