FIFA argentinalik futbolchilarning harakatlari yuzasidan tekshiruv boshladi (video)

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan keyin Argentina terma jamoasi futbolchilarining xatti-harakatlarini tekshirishni boshladi. Bu haqda EFE nashri xabar berdi.

Final uchrashuvi qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng argentinalik Leandro Paredes avval himoyachi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushlab, so‘ng yarim himoyachi Gavini turtib yubordi. 

Keyinchalik uni Argentina terma jamoasi futbolchilari tinchlantirishdi.

Yana bir bahsli holatda Argentina himoyachisi Nauel Molina Ispaniya yetakchisi Rodri g‘alabani nishonlayotgan paytda uni yiqitishga uringani aytilmoqda. Shuningdek, Argentina terma jamoasi murabbiylaridan biri Roberto Ayala Ispaniya futbolchisi Dani Olmoning yuziga musht tushirishga uringan.

Bundan tashqari, Ispaniya terma jamoasini taqdirlash marosimi vaqtida Argentina futbolchilari g‘oliblarga yuz o‘girishdi. Ular tribuna tomon yo‘l olib, o‘z muxlislariga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi kumush medallarni qabul qilish uchun shohsupaga ko‘tarilayotgan argentinalik futbolchilarni hurmat ramzi sifatida yo‘lakchada saf tortib kutib oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing