Fergyuson ot poygalaridan katta daromad qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Saudiya Arabistonidagi ot poygalaridan yaxshi pul ishlab topdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 82 yoshli Fergyuson boshqa investorlar qatorida “Spirit Dancer” nomli ayg‘irga egalik qiluvchi otxonaga ega. “Spirit Dancer” Ar-Riyoddagi nufuzli turnirda g‘olib chiqdi. Shunday qilib, Fergyuson ushbu g‘alaba evaziga 1,1 million yevroga yaqin daromad oldi.

Ma’lumot uchun, Aleks Fergyuson “mankunianliklar”ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Bu davrda “Manchester Yunayted” 13 marta Angliya chempioni, 5 marta Angliya kubogi, 4 marta Angliya liga kubogi, 10 marta Angliya Superkubogi va 2 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Umumiy  hisobda, shotlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida “qizil iblislar” barcha turnirlarda 1476 ta o‘yin o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Fergyuson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing