Fergyuson Habib Nurmuhamedov undan qarzdorligini aytdi

Sport

image

Habib Nurmuhamedov amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyusondan 200 ming dollar qarz. Bu haqda Fergyuson ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bong urmoqda.

“Endi sen men uchun ishlaysan. Aytgancha, 200 ming dollar qarzing borligini unutdingmi? Yugurishda davom etishing mumkin”, degan Fergyuson.

Gap shundaki, rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Toni Fergyusonni o‘zi egalik qiluvchi “Eagle Fight Club”  promoshenga taklif qilgan edi. Ammo ushbu prmoshen hali yetarlicha obro‘ qozonmagan. Tonining so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, unga Habibning taklifi ma’qul kelmagan.  

2020 yil oktyabr oyida 32 yoshli Nurmuhamedov UFC 254 turnirida Jastin Geydjini ikkinchi raundda mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Habib MMA'dagi faoliyati davomida 29 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shu jumladan,  Nurmuhamedov UFC'dagi 13 ta jangda 13 ta g‘alabaga erishgan. 

Toni Fergyuson esa so‘nggi jangida Maykl Chandlerga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Habib Nurmuhamedov Fergyuson

Baholaganlar

607

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing