Afsonaviy Fergyuson Humoyun To‘xtamurodov bilan bir ligada jang qilishi mumkin
Sport
−
09 yanvar
1729Yengil vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson faoliyatini Amerikaning “Global Fight League” (GFL) ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jangchi Kevin Li ma’lum qildi.
“Menga GFL bir necha yigitlar bilan jang o‘tkazishni taklif qildi, lekin meni eng ko‘p qiziqtirgani Toni Fergyuson. Toni allaqachon liga bilan muzokaralarni boshlab yuborgan”, deydi Li.
Ma’lumot o‘rnida, “Global Fight League” o‘zining ilk turnirini 2025 yilda o‘tkazishni rejalashtirgan.
Qayd etish joiz, Toni Fergyuson so‘nggi jangini 2024 yilning 3 avgustida o‘tkazgan va o‘shanda Maykl Kezaga og‘ritish usuli orqali mag‘lub bo‘lgan edi. U 8 jangdan iborat g‘alabasiz seriya qayd etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, GFL bilan o‘zbekistonlik jangchi Humoyun To‘xtamurodov shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar