O‘zbekistonlik MMA jangchisi taqdirlandi (video)
Sport
−
07 Fevral 2025 15927 1 daqiqa
Aralash yakkakurashlarning yarim yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik jangchi Humoyun To‘xtamurodov “Naiza” promousheni tomonidan taqdirlandi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, To‘xtamurodov “Naiza” promousheni talqiniga ko‘ra 2024 yilning eng yaxshi media jangchisi deb topildi va maxsus sovringa loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot o‘rnida, To‘xtamurodov professional faoliyati davomida “Naiza” promoushenida bir qancha janglarni o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Humoyun To‘xtamurodov Amerikaning GFL ligasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr