Ommalashtirish qiyin jarayon – UFC prezidenti Habibning ligasi haqida

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedovning “Eagle FC” jangovar promoushenini yaratish qaroriga izoh berdi.

“Men Habib bilan uning promousheni haqida gaplashmadim. Endi u boshqa tomonda bo‘lish qanday ekanligini bilib oladi. Tomosha qilish juda qiziq. Meni chaqirsa, albatta, maslahat beraman. Ammo ligani ommalashtirish qiyin jarayon”, deydi Uayt.

Shundan so‘ng, Nurmuhamedov Dananing so‘zlariga Instagram sahifasi orqali munosabat bildirdi: 

“Biz hammamiz sizdan o‘rganyapmiz, amaki”.

Eslatib o‘tamiz, “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. 

Ma’lumot uchun, Nurmuhamedov karerasida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Dana Uayt Fergyuson Eagle FC

Baholaganlar

43

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing