“Fenerbahche” “Putin” deb hayqirgan ishqibozlari sababli jarimaga tortildi
Sport
−
06 avgust 2022
6779UEFA Turkiyaning “Fenerbahche” klubini Kiyevning “Dinamo”si bilan o‘yinda muxlislar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun jazoladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar qilindi.
Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi (1:2) o‘yini chog‘ida turk jamoasi muxlislari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomini aytib hayqirgan va ular maydonga turli-xildagi buyumlarni uloqtirishgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan, tashkilot “Fenerbahche”ni 50 000 yevro jarimaga tortdi va keyingi Yevropa musobaqalarida kamida 5 000 muxlisni sig‘dira oladigan sektorlarni yopishga qaror qildi.
Qayd etish kerakki, Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatni boy bergan Turkiya jamoasi Yevropa ligasi saralashida ishtirok etmoqda. Turk klubi 3-saralash bosqichi doirasidagi uy uchrashuvida Chexiyaning “Slovatsko” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Avvalroq, “Fenerbahche” va “Dinamo” o‘rtasidagi uchrashuvda sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan UEFA tergov boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
LiveBarchasi