“Fenerbahche” prezidenti ozod qilindi

Sport

image

Bugun, 25 dekabr giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida qo‘lga olingan va tunni viloyat jandarmeriya qo‘mondonligida o‘tkazgan “Fenerbahche” klubi prezidenti va tadbirkor Sadettin Saran sud nazorati ostida ozod qilindi. Bu haqda “Cumhuriyet” nashri xabar berdi.

Kecha, 24 dekabr kuni ushbu ish doirasida qo‘lga olingan Saran bugun, 25 dekabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng u Istanbuldagi Chag‘layan sud binosiga olib kelinib, prokuratura oldida ko‘rsatma bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Saran bergan ko‘rsatmasidan so‘ng unga chet elga chiqishni taqiqlovchi sud nazorati qo‘llanilgan. Ko‘rsatmasidan keyin esa sud uni haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari imzo chekish majburiyati bilan ozod qilishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Sadettin Saran joriy yilning 20 dekabr kuni “giyohvand moddalarni shaxsiy foydalanish uchun sotib olish, qabul qilish, saqlash yoki iste’mol qilish” ayblovlari bilan ilk bor prokuraturaga ko‘rsatma bergan edi. Saranning sud-tibbiyot institutida topshirilgan soch namunalaridan kokain moddasi aniqlan. Natijaga e’tiroz bildirgan Saran “Men hayotimda hech qachon bunday moddalardan foydalanmaganman” deya bayonot bergan va xususiy laboratoriyada qayta tahlil topshirgan. Shundan so‘ng u sud qaroriga ko‘ra, nazorati ostida ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadettin Saran giyohvand moddalar bo‘yicha test ijobiy chiqqanidan so‘ng hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand moddalar “Fenerbahche” Sadettin Saran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing