CHLdagi durangdan so‘ng “Fenerbahche” bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal Chempionlar ligasining umumiy bosqichi birinchi turida “Roma” bilan durang qayd etilganidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda TRT Spor xabar berdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Kartal boshchiligidagi “Fenerbahche” 18 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma olgan edi.

“Men iste’foga chiqyapman va qaytishni istamayman. Bugun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman”,  deydi Kartal.

Ma’lumot uchun, 65 yoshli mutaxassis joriy yil iyun oyida to‘rtinchi marta “Fenerbahche” bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Kartal rahbarligida klub joriy mavsumda 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etdi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing