Iste’fosini e’lon qilgan murabbiy klubda qoladigan bo‘ldi
Sport
−
11:40 556 1 daqiqa
Ismoil Kartal Turkiyaning “Fenerbahche” futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida qolishda davom etadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni “Fenerbahche” Chempionlar ligasining ochilish o‘yinida Italiyaning “Roma” jamoasini o‘z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Uchrashuvdan so‘ng turkiyalik mutaxassis iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Biroq klub bosh murabbiyi bilan hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qildi.
“Ismoil Kartal o‘z vazifasini bajarishda davom etmoqda. Jamoa uning rahbarligida keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettiradi”, deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, 65 yoshli Kartal yilning iyun oyida to‘rtinchi marta “Fenerbahche” bosh murabbiyiga aylandi. Uning rahbarligida klub 2014 yilda Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritgan va 18 yil ichida ilk bor Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi