Istanbul derbisida fojia yuz berdi
Sport
−
13:58 936 1 daqiqa
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Turkiya Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Fenerbahche” – “Beshiktosh” derbisida fojiali voqea yuz berdi. Bu haqda “Haberturk” nashri xabar berdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “Fenerbahche” muxlisi Yashar Gerchek tribunada yurak xurujiga uchradi. Muxlisga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyin shifoxonaga olib ketilgan. Biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Fojiali voqeadan so‘ng har ikki klub ham marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Fenerbahche” Yashar Gerchekning vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgan bo‘lsa, “Beshiktosh” ham uning oilasi, yaqinlari va “Fenerbahche” jamoasiga ta’ziya bildirgan.
Qayd etish joiz, derbida “Beshiktosh” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasida ayni payda “Galatasaroy” 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev to‘p tepadigan “Istanbul Bashakshehir” 4 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
Live
Barchasi