“Fenerbahche”ning ikki futbolchisi “Galatasaroy” rasmiysini urgani uchun shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport
−
16 yanvar 1004 1 daqiqa
“Fenerbahche” klubining ikki futbolchisi — gollandiyalik himoyachi Jeyden Ostervolde va turkiyalik yarim himoyachi Mert Hakan Yandash “Galatasaroy” klubi rasmiysiga hujum qilgani uchun 16 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbul sudi futbolchilarni “hujum va kaltaklash” moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi “Galatasaroy” stadioni direktori Ali Chelikkiran bo‘lib, tibbiy xulosada unga bo‘yin suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgani qayd etilgan.
Mazkur hodisa 2024 yil may oyida ikki jamoa o‘rtasidagi keskin Istanbul derbisidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 10 yanvar kuni ham “Galatasaroy” va “Fenerbahche” jamoalari o‘rtasida Turkiya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Fenerbahche” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi