Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum, raqib esa...

Sport

image

Rio Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritgach, professional boksga o‘tib o‘z faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, G‘oibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga ko‘tariladi. Bu haqida Milliy Olimpiya Qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Bo‘lajak jangning sanasi va qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Rostini aytsam, raqib ham ma’lum. Biroq uning kimligini hozir e’lon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizg‘in tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida e’lon qilaman”, – deb aytib o‘tgan Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, bokschi shu paytgacha professional boksda yetti bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 4 ta jangni nokaut evaziga qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Fazliddin G'oibnazarov professional boks

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing