Fayzullayevga Turkiya klubi qiziqayotgani rad etildi
Sport
−
26 iyun 2025 3823 1 daqiqa
Internet nashrlarida Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Klub matbuot kotibi Goxan Yilmaz bu xabarlarni rad etdi.
“Jamoamiz skautlari bilan gaplashdim. Ular hozircha bu borada hech qanday tashabbus yo‘qligini bildirishdi”, dedi Yilmaz.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Abbosbek Fayzullayev SSKA tarkibida 39 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 8 marta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Istanbul Bashakshehir” o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi – Eldor Shomurodov bilan muzokara olib borayotgani va kelishuv yaqin ekani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025