Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Fayzullayevdan tashqari yana ikki futbolchi yaponiyalik Gaku Navata va janubiy koreyalik Bae Jun-ho sovringa da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etish joiz, 21 yoshli Bae Jun-ho Angliyaning “Stok-Siti” jamoasi a’zosi hisoblanib, uning transfer narxi 1,5 million yevroga baholanmoqda. 18 yoshli Gaku Navata esa Yaponiyaning “Kamigaku” jamoasi a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekistonliklardan Fayzullayevdan tashqari Dilshod Rahmatov Osiyoda yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan joy olgan.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum SSKA safida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 6 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing