Fayzullayev faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning “Parma” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Parmalive.com” xabar berdi.

Hozirda Italiya B Seriyasi peshqadami bo‘lib turgan “Parma” mavsum oxirida 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Osiyo qit’asining eng yaxshi yosh umidli futbolchilari qatorida bo‘lgan o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachiga so‘nggi oylarda Myunxenning “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirmoqda”, deyiladi manba xabarida.

Qayd etish joiz, Fayzullayevning joriy klubi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 5 million yevroni tashkil etadi va u O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiya kubogi yarim finalidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi.

16 aprel kuni SSKA safida RPL kubogi final oldi o‘yinda gol urib, bahsning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Parma Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing