Fayzullayev bilan shartnomani uzaytirmasdan turib uning maoshini oshirdik – SSKA direktori
Sport
−
26 dekabr
7997
Avvalroq, SSKAda to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning maoshi oshgani xabar qilingandi.
SSKA bosh direktori Roman Babayev Fayzullayevning maoshi oshirilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz Abbosning shartnomasida ko‘rsatilganidan qat’i nazar, uning maoshi oshishi kerak, deb hisobladik. Bu borada klubda shunday amaliyot bor: agar bizda kimningdir mehnati ko‘proq maoshga arziydi, deb topilsa, shartnomani uzaytirishni kutib o‘tirmaymiz. Shu bois biz Fayzullayevning shartnomasini uzaytirmasdan ham uning maoshini oshirdik”, deydi Roman Babayan.
Hujumkor yarim himoyachi sifatida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yozda “Paxtakor”dan Moskvaning SSKA klubiga o‘tgan edi. 21 yoshli futbolchining Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi armiyachilar jamoasida Rossiya chempionatining 16 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Rossiya kubogining 7 o‘yinida 1+3 statistikaga ega.
Qayd etish, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Fayzullayev yakuniga yetayotgan 2024 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
LiveBarchasi