Fayzullayev allaqachon Yevropa darajasiga chiqib bo‘lgan – ekspert

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev allaqachon Yevropa darajasiga chiqib bo‘lgan. Bu haqda rossiyalik futbol eksperti Yevgeniy Aldonin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“Fayzullayev yorqin o‘yini bilan ajralib turibdi, u mavsum kashfiyotiga aylandi. “Baltika”dan Danila Kozlovni ham alohida ta’kidlashim mumkin. Abbosbekka kelsak, u hali yosh bo‘lsa ham, o‘z ishini qoyilmaqom qilib bajarmoqda”, deydi Aldonin. 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada hamma 20 yoshidayoq yuqori saviyada o‘ynayapti. Fayzullayev ham rivojlanishda davom etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiya chempionatida 10+ ochko yig‘gan eng yosh futbolchiga aylangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abbosbek Fayzullaev Evgeniy Aldonin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing