Fayzullayev ham BAA bilan o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 4-turidan o‘rin olgan Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fayzullayev terma jamoaning oxirgi mashg‘ulotida jarohat olgan. Jamoa yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich ham buni tasdiqladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-BAA o‘yini 15 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oston O‘runov BAAga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligi xabar qilingandi.

O‘runov kichik jarohat oqibatida amirliklar bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA Oston O'runov Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made