Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
27 aprel 2021
12561O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Fayzulloyevich Mullajanov Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abduqahhor Mullajanov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Abduqahhor Mullajanov Markaziy bankning sobiq raisi marhum Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li. Fayzulla Mullajonov 1991-2017 yillarda O‘zbekiston Markaziy bankining raisi bo‘lgan. U 2017 yilda 67 yoshida vafot etgan.
Avvalroq, Fayzulla Mullajonovning boshqa bir o‘g‘li Abdumajid Mullajonov Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi