5 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga yo‘llanma oldi

Sport

image

Boks bo‘yicha Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik besh sportchi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Kecha, 17 sentyabr kuni eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ukrainalik raqibiga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qildi.

Sonte Rogavaga qarshi bahs olib borgan Jalolov aniq va kuchli zarbalari bilan barchaning diqqat-e’tiborini tortdi. Bu esa hakamlarning yakuniy qarorida o‘z isbotini topmasdan qolmadi va Jalolov ham chorak final masalasini ijobiy hal qildi.

Bugun, 18 sentyabr kuni 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak final bosqichida jang olib boradi. Quyida musobaqani davom ettirayotgan vakillar yodga olib o‘tamiz:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov


Maqola muallifi

Teglar

Ekaterinburg

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing