Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart
4812O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev FVV shtab boshlig‘ining o‘rinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Qolaversa, Prezidentning farmoni bilan unga general-mayor unvoni ham berilgandi.
LiveBarchasi