“O‘zini hurmat qilmaganlar uchun" 94 dollardan Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 dekabridan boshlab Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini O‘zbekistonda, oilasi davrasida kutib olishni niyat qilgan o‘zbekistonliklar va chet el fuqarolariga bayram tuhfasi sifatida joriy yilning 19 dekabridan e’tiboran “Toshkent – Moskva – Toshkent” yo‘nalishida muntazam avtobus qatovini yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzali va Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtostansiyasidan amalga oshiriladi. 

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahri tomon “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan. 

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba dushanba va payshanba kunlariga belgilangan. Avtobuslar "Toshkent" avtovokzalidan soat 12:00 da yo‘lga chiqadi. “Novoyasenevskaya” avtostansiyasidan esa Moskva vaqti bilan soat 14:00 da harakatlanadi.     

Ushbu qatnov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining     (71) 207-87-00 hamda (97) 758 14 24, (99) 808 47 42, (99) 808 47 17 telefon raqamlari orqali olish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hafta oxiri "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovning o‘zini hurmat qilgan kishi 50 dollarni "ekonom" qilish uchun 50 darajali sovuqda yonib ketishi aniq bo‘lgan avtobusga chiqmasligi haqida aytganlari kun tartibida turibdi

 


Maqola muallifi

Teglar

Transport vazirligi Toshkent-Moksva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing