Fath va HAMAS yarashuv bo‘yicha Xitoyda muzokara o‘tkazdi

Olam

image

Falastinning bir-biriga raqib siyosiy guruhlari – Fath va HAMAS vakillari Pekinda yarashuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.

Muzokaralar faktini Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ular aniq qachon bo‘lib o‘tganini ko‘rsatmagan holatda tasdiqladi.

"Ikki guruh yetakchilari istiqbol bo‘yicha chuqur va samimiy muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga keldi. Tomonlar maslahatlashuvlar orqali murosaga erishish uchun siyosiy irodasini to‘liq ifoda etdi, ko‘plab aniq masalalarni muhokama qildi va ijobiy yutuqlarga erishdi", degan TIV vakili Lin Jian. 

Ma’lumot uchun, Falastinning Islomiy qarshilik harakati (HAMAS) va Milliy ozodlik harakati (Fath) bosqinchilarga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish uchun faol choralar ko‘rmoqda. Ular shu yil boshida Moskvada yagona hukumat tuzish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Keyinroq Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirish usullarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy HAMAS Fath

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing